Qo'shimcha to'garaklar
Darslardan so'ng bolangizni boshqa muassasalarga olib borishga vaqt sarflamaysiz. Maktabimizning o'zida bolaning jismoniy, intellektual va ijodiy salohiyatini ochib beruvchi professional to'garaklar tizimi yo'lga qo'yilgan.
Robotexnika
Boshlang'ich kodlash, mantiqiy fikrlash va zamonaviy texnologiyalar yordamida shaxsiy robot va dasturlarni yaratish ko'nikmalari.
Suzish suv sporti
Bolaning qomatini to'g'ri shakllantirish, umurtqa pog'onasi salomatligi va immun tizimini chiniqtirish uchun maxsus suzish darslari.
Futbol to'garagi
Yolg'izlikka moyil yoki jamoaga kirisha olmaydigan bolalar uchun eng yaxshi yechim. Jismoniy chidamlilik va jamoaviy ishlashni rivojlantiradi.
Taekwondo (WTF)
Bolada o'zini himoya qilish, ichki intizom, kuchli iroda va o'ziga bo'lgan ishonchni shakllantirishga qaratilgan sport turi.
Badiiy gimnastika
Bolaning elastik va muvozanatini saqlash ko'nikmalarini professional darajada rivojlantiruvchi mashg'ulotlar.

Shaxmat
Bolaning diqqatni jamlash qobiliyatini oshiradi, matematik va strategik fikrlashni hamda bir necha qadam oldindan mustaqil qaror qabul qilishni o‘rgatadi.

Kamondan o'q otish
Sharqona muhit va qadriyatlarga xos ravishda bolada aniqlik, sabr-toqat, diqqatni bir nuqtaga qaratish va yuqori konsentratsiyani shakllantiradi.

Zakovat va debate
Bolaning dunyoqarashini kengaytirish, ommaviy nutq madaniyatini o‘stirish, o‘z fikrini dalillar bilan mustaqil va erkin himoya qilishni rivojlantiradi.