Farzandingiz kelajagi uchun ishonchli poydevor
Milliy qadriyatlar va xalqaro ta’lim standartlarini birlashtirgan zamonaviy maktab. Farzandingizga chuqurlashtirilgan aniq fanlar, IT, xorijiy tillar va hayotiy amaliy ko‘nikmalarni taqdim eting.




Bilim, tarbiya va kelajak bir joyda
Turkiston maktabi — milliy qadriyatlar va xalqaro ta’lim standartlarini o‘zida mujassam etgan zamonaviy ta’lim muassasasi. Biz har bir o‘quvchining individual iqtidorini kashf etish, intellektual va axloqiy kamolotini ta’minlashni maqsad qilganmiz.
Maktabimiz missiyasi - sharqona qadriyatlarimiz va zamonaviy ta’lim standartlarini uyg‘unlashtirgan holatda, o‘quvchining moddiy holatidan qat’iy nazar ilm olishini ta’minlashdir!
Akkreditatsiya
Davlat tomonidan litsenziyalangan
Xavfsiz muhit
Turniket va TurkistanApp nazorat
Xalqaro olimpiadalar
Ichki va xalqaro olimpiadalarda qatnashish
Xorijiy tillar
Ingliz, Arab, Rus tillari
Nima uchun Turkiston Maktabi?
Biz farzandingizning ta'limi, xavfsizligi va rivojlanishiga kompleks yondashamiz
Xavfsizlik nazorati
Farzandingiz maktabga kelgani yoki ketgani haqida xavotirlanishga o'rin yo'q. FaceID tizimi va TurkistanApp ilovasi farzandingizning xavfsizligini real vaqt rejimida kuzatish imkonini beradi.
3 mahal halol issiq taom
Diyetolog nazoratida tayyorlangan muvozanatli menyu. Barcha mahsulotlar sertifikatlangan va halol. Bolaning sog‘lom rivojlanishi uchun zarur kaloriya va vitaminlar ta’minlanadi.
Psixolog va Logoped
Har bir o'quvchi uchun psixologik qo'llab-quvvatlash va nutq terapiyasi xizmatlari mavjud. Mutaxassislar bolaning emotsional salomatligi va to'g'ri nutq rivojlanishini kuzatib boradi.
Har sinfda 24 nafar
Kichik sinf hajmi o'qituvchiga har bir o'quvchiga alohida e'tibor berishga imkon yaratadi. Bu ta'lim sifatini oshiradi va bolaning rivojlanishini tezlashtiradi.
Yilda 2 bor bepul ekskursiya
Quruq nazariyadan iborat an'anaviy tizimdan voz kechamiz. O'quvchilarimiz darsdan tashqari tarix, madaniyat va fan bilan bog'liq maxsus ekskursiyalar orqali bilimlarini amaliyotda mustahkamlaydilar.
Tajribali pedagoglar
O‘rtacha 12 yillikkacha tajribaga ega bo‘lgan pedagoglar va xalqaro sertifikatlarga ega o‘qituvchilar bolalarga ta’lim va tarbiya berishadi.
Qo'shimcha to'garaklar
Darslardan so'ng bolangizni boshqa muassasalarga olib borishga vaqt sarflamaysiz. Maktabimizning o'zida bolaning jismoniy, intellektual va ijodiy salohiyatini ochib beruvchi professional to'garaklar tizimi yo'lga qo'yilgan.
Robotexnika
Boshlang'ich kodlash, mantiqiy fikrlash va zamonaviy texnologiyalar yordamida shaxsiy robot va dasturlarni yaratish ko'nikmalari.
Suzish suv sporti
Bolaning qomatini to'g'ri shakllantirish, umurtqa pog'onasi salomatligi va immun tizimini chiniqtirish uchun maxsus suzish darslari.
Futbol to'garagi
Yolg'izlikka moyil yoki jamoaga kirisha olmaydigan bolalar uchun eng yaxshi yechim. Jismoniy chidamlilik va jamoaviy ishlashni rivojlantiradi.
Taekwondo (WTF)
Bolada o'zini himoya qilish, ichki intizom, kuchli iroda va o'ziga bo'lgan ishonchni shakllantirishga qaratilgan sport turi.
Badiiy gimnastika
Bolaning elastik va muvozanatini saqlash ko'nikmalarini professional darajada rivojlantiruvchi mashg'ulotlar.

Shaxmat
Bolaning diqqatni jamlash qobiliyatini oshiradi, matematik va strategik fikrlashni hamda bir necha qadam oldindan mustaqil qaror qabul qilishni o‘rgatadi.

Kamondan o'q otish
Sharqona muhit va qadriyatlarga xos ravishda bolada aniqlik, sabr-toqat, diqqatni bir nuqtaga qaratish va yuqori konsentratsiyani shakllantiradi.

Zakovat va debate
Bolaning dunyoqarashini kengaytirish, ommaviy nutq madaniyatini o‘stirish, o‘z fikrini dalillar bilan mustaqil va erkin himoya qilishni rivojlantiradi.
Har bir yosh bosqichi uchun xalqaro standartlar asosidagi dasturlar!
Milliy qadriyatlarimiz va xalqaro ta'lim tizimini birlashtirgan, amaliy ko'nikmalarga asoslangan o'quv rejasi bilan tanishib chiqishingiz mumkin!
0-4 Sinflar
Fundamental bilimlar va moslashish vaqti
7 soat Ingliz tili
Kommunikativ usulda
8 soat Matematika
Mental arifmetika + logika
Arab tili asoslari
Milliy tarbiya elementlari
IT kirish
Scratch dasturlash
5-8 Sinflar
Chuqur bilim va ko'nikmalar
7 soat Ingliz tili
IELTS tayyorlov boshlanadi
8 soat Matematika
Olimpiada masalalari
IT va Dasturlash
Python, robototexnika
Xorijiy tillar
Ingliz, rus va arab tillari
9-11 Sinflar
Universitetga tayyorlov
SAT tayyorlov
Xalqaro imtihon
IELTS tayyorlov
Yuqori natijalar uchun harakatlar
Xalqaro universitetlar
USA, UK, Turkiya, Janubi Osiyo
Karyera yo'naltirish
Mentorlik dasturi
Xalqaro universitetlarga tayyorlov
SAT, IELTS, Duolingo, TOEFL — barcha imtihonlarga maxsus dasturlar mavjud
Ko`p so`raladigan savollar
Ota-onalarning eng ko'p so'raydigan savollariga javoblar

Bepul konsultatsiya oling
Ma`lumotlaringizni qoldiring va bizning mutaxassislarimiz siz bilan tez orada bog`lanishadi.
